Foydalanish shartlari
Kuchga kirgan sana: 2026-11-01
Yozma ilovasini oʻrnatish yoki undan foydalanish orqali shu shartlarga rozilik bildirasiz.
Xizmat
Yozma nutqni matnga aylantiradi va kursor turgan joyga kiritadi. Xizmat hozir sinov bosqichida, oʻzgarishi yoki vaqtincha toʻxtashi mumkin.
Akkaunt
Kirish uchun Google yoki Telegram ishlatiladi. Akkauntingiz xavfsizligi uchun oʻzingiz javobgarsiz. Akkauntni ilovada istalgan vaqt oʻchirasiz.
Bepul limit
Bepul reja haftasiga 5 000 soʻzni oʻz ichiga oladi. Limit oʻzgarsa, oldindan xabar beriladi. Pullik rejaning narxi hali eʼlon qilinmagan. Promo kod bilan u maʼlum muddatga bepul berilishi mumkin, muddat tugagach akkaunt bepul rejaga qaytadi.
Matnga javobgarlik
Nutqni tanish xato qilishi mumkin. Muhim matnni yuborishdan oldin tekshiring. Ilova chiqargan matn uchun javobgarlik uni ishlatgan odamda.
Taqiqlanadi
- Xizmatni qonunga zid maqsadda ishlatish.
- Oʻzgalar ovozini ruxsatsiz yozib olish.
- Limitlarni chetlab oʻtish, xizmatni buzishga urinish yoki kalitlarini ajratib olish.
Mulk
Siz aytgan va yozgan matn sizniki. Yozma nomi, ilova va sayt Yozma’niki.
Kafolat va javobgarlik
Xizmat “boricha” taqdim etiladi. Qonun ruxsat bergan darajada Yozma bilvosita zarar, yoʻqolgan foyda yoki maʼlumot uchun javob bermaydi.
Toʻxtatish
Ilovani oʻchirib, foydalanishni istalgan vaqt toʻxtatasiz. Shartlar buzilsa, Yozma akkauntni toʻxtatishi mumkin.
Qonun
Shartlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qoʻllaniladi.
Oʻzgarishlar
Shartlar oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beriladi.