Yozma Yuklab olish

Gapiring. Yozma yozadi.

Istalgan dasturda tugmani bosib turib gapiring. Toʻgʻri oʻ va gʻ bilan tayyor matn kursor turgan joyga tushadi.

Windows uchun yuklab olish Windows 10 va 11. Haftasiga 5 000 soʻz bepul.

Uch qadam

  1. Caps Lock'ni bosib turing

    Boshqa tugma yoki sichqoncha tugmasini ham tanlashingiz mumkin.

  2. Oddiy gapiring

    Oʻzbekcha, ruscha, inglizcha, bitta gapda aralash ham.

  3. Qoʻyib yuboring

    Matn oʻsha zahoti dasturingizda paydo boʻladi.

Oʻzbekcha uchun qurilgan

  • Oʻ va gʻ joyida

    Lotin yoki kirill, siz tanlaganingizdek. Model nima deb yozmasin, matn bitta yozuvda chiqadi.

  • Uch til bitta gapda

    Ruscha soʻz ruscha, inglizcha soʻz inglizcha qoladi. Tarjima qilinmaydi.

  • Istalgan dasturda

    Telegram, Word, brauzer, kod muharriri. Kursor turgan joyga yozadi.

  • Lugʻat va qisqartmalar

    Payme, Toshkent, oʻz ismingiz toʻgʻri yoziladi. «Manzilim» desangiz, toʻliq manzil chiqadi.

  • Uslub va tozalash

    Ee, hmm va takror soʻzlar ketadi. Xat uchun rasmiy oʻzbekcha, doʻstga oddiy uslub.

  • Matn yoʻqolmaydi

    Internet uzilsa ovoz bir necha daqiqa xotirada turadi va qayta yuboriladi.

Qanchalik tez yozasiz?

Quyidagi matnni yozing. Vaqt birinchi harfdan boshlanadi.

Oʻzbekistonda ertalab bozorga borgan odam gʻoʻza, oʻrik va yangi non haqida gaplashadi.

Gaplaringiz sizniki

  • Ovoz diskka yozilmaydi

    Faqat xotirada turadi va matnga aylangach oʻchiriladi.

  • Tarix kompyuteringizda

    Matnlar shifrlangan holda saqlanadi, muddatini oʻzingiz tanlaysiz yoki umuman saqlamaysiz.

  • Serverimiz oʻqimaydi

    Ovoz serverimiz orqali oʻtadi, u yerda oʻqilmaydi va saqlanmaydi.

Maxfiylik siyosatini toʻliq oʻqish

Narx

Bepul

Haftasiga 5 000 soʻz

  • Barcha tillar va yozuvlar
  • Lugʻat va qisqartmalar
  • Uslub va transformlar

Pro

Cheklovsiz

  • Bepul rejadagi hamma narsa
  • Soʻz soni cheklanmaydi
Tez orada

Savollar

Internet kerakmi?

Ha, nutqni matnga aylantirish internet orqali ishlaydi. Internet uzilsa, ilova xabar beradi va qayta urinadi.

Windows ogohlantirish chiqaryapti, xavflimi?

Yozma hali raqamli imzoga ega emas, shuning uchun SmartScreen ogohlantirishi mumkin. «Batafsil», keyin «Baribir ishga tushirish» ni bosing.

Mac yoki telefon uchun bormi?

Hozircha faqat Windows. Keyingi navbatda Mac.

Ovozimni oʻqitishga ishlatasizlarmi?

Yoʻq. Hozir ovoz yigʻilmaydi. Kelajakda bu faqat alohida roziligingiz bilan boʻladi.