Махфийлик
Кучга кирган сана: 2026-11-01
Bu sahifa Yozma ilovasi va sayti qanday maʼlumotlar bilan ishlashini tushuntiradi. Yozma hozir sinov bosqichida.
Kompyuteringizda qoladigan narsalar
- Ovoz diskka yozilmaydi. U faqat xotirada turadi. Matn tayyor boʻlgach oʻchiriladi. Xato boʻlsa, qayta urinish uchun 5 daqiqagacha xotirada turadi.
- Diktantlar tarixi. Faqat kompyuteringizda, AES-256 bilan shifrlangan holda saqlanadi. Kalit Windows hisob maʼlumotlari omborida turadi. Muddatini oʻzingiz tanlaysiz yoki umuman saqlamaysiz.
- Lugʻat, qisqartmalar, sozlamalar. Kompyuteringizda. Qisqartmalar matni ham shifrlanadi.
Serverga va xizmatlarga ketadigan narsalar
- Diktant vaqtida ovoz. Serverimiz orqali Clarion xizmatiga yuboriladi. Serverimiz uni oʻqimaydi va saqlamaydi. Clarion uni matnga aylantirgach oʻchiradi (zaxira nusxasi 24 soatgacha turishi mumkin), roziliksiz model oʻqitishga ishlatmaydi, serverlari Germaniyada.
- Zaxira yoʻl. Clarion javob bermasa yoki ruscha tanlangan boʻlsa, ovoz Google Gemini’ga yuboriladi. Shu yoʻlda oʻzingiz qoʻshgan lugʻat soʻzlari ham yuboriladi, chunki ular toʻgʻri eshitishga yordam beradi.
- Matnni tahrirlash. Faqat Oʻrta tozalash, Rasmiy oʻzbekcha yoki transformni oʻzingiz yoqsangiz yoki bossangiz, matn serverimiz orqali Google Gemini’ga yuboriladi. Serverimiz uni saqlamaydi. Transform bosilganda faqat belgilangan matn oʻqiladi.
- Sinov rejimi. Ilovada “Sinov rejimi” belgisi turgan boʻlsa, Google yuborilganlarni mahsulotlarini yaxshilash uchun ishlatishi va odamlar koʻrishi mumkin. Bu rejimda shaxsiy matn aytmang.
- Akkaunt. Kirish uchun Google yoki Telegram’dan ism va (Google boʻlsa) email olinadi.
- Hisob raqamlari. Haftalik limit uchun har diktantning soʻz soni va davomiyligi. Matn emas.
- Xato hisoboti. Ilova ishdan chiqsa, versiya va koddagi joy yuboriladi. Matn, ovoz va lugʻat yuborilmaydi.
Nimalar qilinmaydi
- Maʼlumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.
- Ilova ekraningizni oʻqimaydi. Klaviatura ilgagi faqat diktant tugmasi va Yozma tugmalariga javob beradi, yozganlaringizni yozib olmaydi.
- Hozir ovoz yigʻilmaydi. Kelajakda model yaxshilash uchun ovoz soʻralsa, bu alohida va ochiq rozilik bilan boʻladi, istalgan vaqtda qaytarib olasiz.
Sizning huquqlaringiz
- Tarixni ilovada istalgan vaqt tozalaysiz.
- Akkauntni ilovada oʻchirasiz. Ism, email va kirish yozuvlari oʻchiriladi. Roziliklar jurnali sizni koʻrsatmaydigan holda dalil sifatida qoladi.
- Savol yoki soʻrov uchun quyidagi manzilga yozing.
Maʼlumot chegaradan oʻtishi
Xizmatlarimiz Oʻzbekistondan tashqarida: Cloudflare (butun dunyo), Clarion (Germaniya), Google (butun dunyo). Foydalanish orqali shunga rozilik bildirasiz.
Yosh
16 yoshdan kichiklar faqat ota-ona yoki vasiy roziligi bilan foydalanadi.
Oʻzgarishlar
Bu sahifa oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim oʻzgarishlar haqida ilovada xabar beriladi.